AsosiyJamiyat

Poytaxtda Maxtumquli ko`chasining ma`lum qismi vaqtincha yopiladi

'Poytaxtda Maxtumquli ko`chasining ma`lum qismi vaqtincha yopiladi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatining bergan xabariga ko`ra, Joriy yilning 26 avgust kuni soat 21:00 dan 27 avgust soat 07:00 gacha Poytaxtda Maxtumquli ko`chasining Mirzo Ulug`bek ko`chasidan Parkent ko`chasigacha (uch qavatli ko`prik) bo`lgan qismida ta`mirlash ishlari olib boriladi.

Shu sababli mazkur yo`l qismi harakatlanish uchun vaqtincha yopiq bo`ladi.

Haydovchilarga yuzaga kelishi mumkin bo`lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo`llardan harakatlanishlari tavsiya etiladi.

    Boshqa yangiliklar