AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 3 kun notariuslar ishlamaydi

'O`zbekistonda 3 kun notariuslar ishlamaydi'ning rasmi

“Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimida kuzatilayotgan muammolarni hal qilish, tizimning uzluksiz ishlashini ta`minlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan ma`lumotlarni yangi server qurilmalariga ko`chirish rejalashtirilmoqda.  

Shu sababli, joriy yilning 29 avgust kuni soat 19:00 dan 1 sentyabr kuni soat 19:00 ga qadar “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimining ish faoliyati to`xtatib turiladi va ushbu kunlarda notariuslar faoliyat ko`rsatmaydi. Sizlardan mazkur noqulaylik uchun uzr so`ragan holda, shu kunlari notarius qabuliga borishni rejalashtirmasligingizni so`raymiz.

    Boshqa yangiliklar