AsosiyJamiyat

Ayrim toifa fuqarolarning 16 yoshga to`lmagan farzandlariga 500 ming so`mdan tarqatiladi

'Ayrim toifa fuqarolarning 16 yoshga to`lmagan farzandlariga 500 ming so`mdan tarqatiladi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev «Aholini ijtimoiy qo`llab-quvvatlashga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi qarorni imzoladi.

Qarorga binoan, moddiy yordam va ko`makka muhtoj oilalarning bolalarini qishki kiyim-bosh to`plamlari, maktab formasi va o`quv qurollari bilan ta`minlash maqsadida 2020 yilning sentyabr oyida aholining quyidagi qatlamlariga bir martalik moddiy yordam ko`rsatilsin:

oddiy yordam va ko`makka muhtoj oilalarning ro`yxatlariga (“temir daftar”) kiritilgan oilalarning 16 yoshga to`lmagan bolalariga;

boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning 16 yoshga to`lmagan bolalariga;

nogironligi bo`lgan 16 yoshga to`lmagan bolalarga.

Yuqorida nazarda tutilgan bir martalik moddiy yordam miqdori har bir 16 yoshga to`lmagan bola uchun 500 ming so`m etib belgilandi.

    Boshqa yangiliklar