AsosiyJamiyat

IIV YHXBB: Sirdaryoda “Coca-cola” ortgan yuk avtomobili ag`darilib ketishiga yomg`ir sabab bo`lgan

'IIV YHXBB: Sirdaryoda “Coca-cola” ortgan yuk avtomobili ag`darilib ketishiga yomg`ir sabab bo`lgan'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Koka-kola yuk mashinasi ag`darilib ketgani aks etgan video lavha tarqaldi. Bu video yuzasidan O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi

Joriy yilning 26 avgust kuni soat 07:00 larda, Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani hududidan o`tgan A-373 avtomobil yo`lining 17-kilometrida haydovchi, 1962 yilda tug`ilgan K.M. “Mersedes-bens” rusumli yuk avtomobilini “Toshkent–Termiz” yo`nalishida boshqarib ketayotib, yo`lning ushbu qismida yomg`ir yog`ayotganligi sababli rul boshqaruvini yo`qotib, yo`l chetiga ag`darilgan.

Natijada, xaydovchi K.M. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzaobod tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda yo`llarda ehtiyotkorlik bilan harakatlanishlarini so`rab qolamiz, deyiladi IIV  YHXBB matbuot xizmati xabarida.

    Boshqa yangiliklar