AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning 6 ta hududida yomg`ir yog`adi

'Bugun O`zbekistonning 6 ta hududida yomg`ir yog`adi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 27 avgust kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 25-27° bo`ladi.

 

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo`ladi.

 

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 27-32° bo`ladi.

 

TOShKENT, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, kunning birinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° bo`ladi.

 

SAMARQAND, JIZZAX VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° bo`ladi.

 

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 30-35° bo`ladi.

 

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, kunning birinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° bo`ladi.

 

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, respublikaning tog` oldi va tog` hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 15-20° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar