Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.
"Pandemiyani jilovlash borasida mamlakatimizda katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Shifokorlarimizning fidokorona mehnati, izchil olib borilayotgan tibbiy siyosat, shuningdek, chet eldan jalb qilingan malakali mutaxassislarning sa`y-harakatlari natijasida koronavirusdan sog`ayish ko`rsatkichlari ijobiy tomonga o`zgarib bormoqda.
So`nggi o`n besh kunda ushbu ko`rsatkich 13 foizga yaxshilanganini ko`rishimiz mumkin. Shunday qilib 12 avgust kuni kornavirusdan sog`ayganlar soni 25 659 nafarga, ya`ni 78 foizga etgan.
Hozirda bu ko`rsatkich 91 foizni tashkil etib, 36 562 nafar yurtdoshimiz koronavirusdan xalos bo`lgan.
Shunday qilib, so`nggi 15 kunda 10 903 nafar yurtdoshimiz koronavirusdan sog`ayib chiqqanini ko`rishimiz mumkin", deyiladi Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi taqdim etgan ma`lumotda.






