Surxondaryoda futbol o`yindagi tortishuvi ayanchli yakun topdi deya xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.
2020 yilning 23 avgust kuni soat 20:45 da 16 yoshli voyaga etmagan A.A., Qiziriq tumani “Istiqlol” mahallasida joylashgan kichik futbol o`yingohida futbol o`ynayotgan vaqti raqib jamoadagi 16 yoshli voyaga etmagan I.X., bilan o`zaro tortishib qoladi. Yakkama-yakka urishish maqsadida, stadiondan tashqariga chiqib, janjalni davom ettirgan vaqtida, A.A., chap oyog`i tizzasi bilan I.X.,ning old ko`krak o`rta sohasiga bir marta zarb bilan tepib tan jarohati etkazgan.
Natijada voyaga etmagan I.X., olgan tan jarohati oqibatida sog`lig`i yomonlashib, hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qiziriq tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan A.A.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o`limiga olib kelgan qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, A.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va prosessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.






