2020 yil 27 avgust soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 40 195 (+141) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qildi.
Yangi kasallanish holatlarining 90 nafari Toshkent shahrida, 15 nafari Qashqadaryo viloyatida, 13 nafari Samarqand viloyatida, 10 nafari Toshkent viloyatida, 5 nafari Buxoro viloyatida, 3 nafari Surxondaryo viloyatida, yana 3 nafari Navoiy viloyatida hamda 2 nafari Farg`ona viloyatida tana harorati ko`tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.






