Qarorga asosan 28 nafar yoshlar “Mard o`g`lon”davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Eslatib o`tamiz, “Mard o`g`lon” davlat mukofoti to`g`risidagi nizomga ko`ra, ushbu mukofot o`qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste`dodi bilan tengdoshlariga o`rnak bo`lib kelayotgan 14 yoshga to`lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli yigitlarga fan, ta`lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san`at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalarida hamda huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun beriladi.
Davlat mukofoti bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari, ya`ni 11 mln 150 ming so`m miqdorida belgilanadi.






