Fransiyadan mamlakatimizga joriy yilning 7 oyida 30 ming gramm atir import qilingan.
Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, joriy yilning 1 avgust holatiga qiymati 377 ming AQSh dollariga teng bo`lgan 52,5 tonna atir mahsuloti import qilindi. Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davriga nisbatan 15,8 tonnaga kam.
Bu yil O`zbekiston 12 ta davlatdan atir import qildi. Import qilingan atirning eng katta ulushi 42,1 tonna bilan Turkiya davlati hissasiga to`g`ri kelgan. Atir importida Chexiya – 4,2 tonna, Xitoy – 2,5 tonna va Rossiya Federasiyasi – 1,8 tonna bilan keyingi o`rinlarni egallagan.
️Ma`lumot o`rnida, 2019 yilda O`zbekistonda qiymati 971,5 million so`mga teng bo`lgan 13,6 tonna atir ishlab chiqarilgan.






