AsosiyJamiyat

O`zbekistonga Belarus kompaniyasi tomonidan insonparvarlik yordami taqdim etildi

'O`zbekistonga Belarus kompaniyasi tomonidan insonparvarlik yordami taqdim etildi'ning rasmi

O`tgan yilning 31 iyul — 1 avgust kunlari Prezidentimizning Belarus Respublikasiga qilgan birinchi rasmiy tashrifi davomida ikki davlat rahbarlari tomonidan Qo`shma bayonot, hukumatlararo va idoralararo 12 ta hujjat, shuningdek, ikki mamlakat hududlari o`rtasida 13 ta bitim imzolandi.  

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, innovasion, madaniy-gumanitar va boshka sohalarda o`zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinib, qo`shma qarorlar qabul kilindi.

Boshqa sohalar qatorida sog`liqni saqlash va farmasevtika sohasida ham qator kelishuvlarga erishildi. Jumladan, yurtimizda farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish yo`nalishida “Belfarmprom” kompaniyasi bilan umumiy qiymati 20 million dollarga teng 4 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda.

“COVID-19” pandemiyasi bilan bog`liq bo`lgan bugungi vaziyatda ham ikki davlat o`rtasida ushbu yo`nalishda samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishga katta e`tibor qaratilmoqda.

Kuni kecha Belarus Respublikasining “BELPHARM” kompaniyasi tomonidan O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligiga insonparvarlik yordami etkazib berildi.  

Gumanitar yuk tarkibida virusga qarshi preparat, virusli va o`tkir respirator infeksiyalarda qo`llaniladigan dori vositalari, antigipertenziv hamda bronxolitik preparatlar mavjud.

Aytish joizki, “BELPHARM” kompaniyasi O`zbekistonga yaqinda kirib kelgan bo`lib, ikki davlat hamkorligi doirasidagi kelishuvlar natijasida investisiya loyihasini amalga oshirmoqda. Ya`ni Toshkent shahrida turli tabletka, kapsula va sashe shaklidagi yuqori sifatli dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy xorijiy korxona qurilmoqda.

Bu esa to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish, yangi ishchi o`rinlarini yaratish, zamonaviy va sifatli dori vositalarini chetdan olib kelmasdan, o`zimizda ishlab chiqarish imkonini beradi.

    Boshqa yangiliklar