AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda koronavirusni yuqtirib olgan ikki bemor vafot etdi

'Qashqadaryoda koronavirusni yuqtirib olgan ikki bemor vafot etdi'ning rasmi

2020 yil 27 avgust soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 40 338 (+143) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 125 nafari Toshkent shahrida hamda 18 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Kasbi tumanida yashagan 45 yoshli G`.H. (erkak) hamda Mirishkor tumanida yashagan 36 yoshli Q.R. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar yurtimizda 554 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, jami sog`ayganlar 37 116 nafarga (92 foiz) etdi.

‼️Hozirda mamlakatimizda 2 925 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar