AsosiyJamiyat

Bakalavriatni imtiyozli tugatganlar TDYuU magistraturasiga test sinovlarisiz qabul qilinadi

'Bakalavriatni imtiyozli tugatganlar TDYuU magistraturasiga test sinovlarisiz qabul qilinadi'ning rasmi

«Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga o`qishga qabul qilish tartibini takomillashtirish to`g`risida» Hukumat qarori (513-son, 26.08.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, 2020/2021 o`quv yilidan boshlab quyidagi tartib joriy etiladi:

 O`zbekiston fuqarolari Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYuU) magistraturasiga Davlat test markazi tomonidan o`tkaziladigan test sinovlari orqali qabul qilinadi;

  •  masofaviy, sirtqi va kechki ta`lim shakllari bo`yicha o`qishga bazaviy oliy yuridik ma`lumotga ega bo`lgan shaxslar ishlab chiqarishdan ajralmagan holda qabul qilinadi;

 

  •  bazaviy oliy yuridik ma`lumotga hamda davlat hokimiyati va markaziy boshqaruv organlarida yuridik yo`nalish bo`yicha kamida 5 yil ish stajiga ega bo`lgan rahbar xodimlarni TDYuU magistraturasiga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy, sirtqi va kechki o`qitish dasturlari bo`yicha o`qishi uchun qabul qilish tegishli davlat organining birinchi rahbari tavsiyasiga ko`ra, kirish test sinovlarisiz, to`lov-kontrakt asosida qabul parametrlaridan tashqari amalga oshiriladi;  

 

  •  «Yurisprudensiya» ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavriatni imtiyozli tugatgan bitiruvchilar TDYuU magistraturasiga test sinovlarisiz, to`lov-kontrakt asosida, o`qish qiymatining 50 foizini to`lab, qabul parametrlaridan tashqari, o`qishni tugatgandan so`ng TDYuU, yuridik fakultetlar, yuridik texnikumlar va TDYuU qoshidagi akademik liseyda kamida 3 yil uzluksiz ishlash majburiyatini yuklagan holda qabul qilinadi;

 

  • bazaviy oliy yuridik ma`lumotga ega, yuridik texnikumlarda kamida 3 yil ishlagan pedagog va rahbar xodimlar TDYuU magistraturasiga kirish test sinovlarisiz, to`lov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari, o`qishni tugatgandan so`ng taqsimot bo`yicha adliya organlari va muassasalarida, birinchi navbatda, yuridik texnikumlarda kamida 3 yil uzluksiz ishlash majburiyatini olgan holda o`qishga qabul qilinadi.

 

➡️ 2020/2021 o`quv yilidan boshlab Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga o`qishga kirish uchun abiturientlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat test markazining veb-sayti orqali ro`yxatdan o`tish tartibi joriy etiladi.

TDYuU magistraturasiga ayrim toifadagi abiturientlarni kirish test sinovlarisiz 2020/2021 o`quv yili uchun o`qishga qabul qilish muddati istisno tariqasida 2020 yil 15 sentyabrga qadar uzaytiriladi.

    Boshqa yangiliklar