Ushbu savolga bugun AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Habibulla Oqilov quyidagicha javob berdi:
Albatta, yurtimizda ilk bor koronavirus qayd etilgan paytda davolash muassasalarida mingga yaqin IVL apparati mavjud bo`lgan bo`lsa, ayni paytga qadar yana 2000 dan ziyod IVL apparatlari keltirilgan.
Hozirda koronavirusga chalinib, IVL apparatiga ehtiyoj sezgan og`ir ahvoldagi bemorlarni davolash uchun apparatlarning soni etarli.
Shu o`rinda aytish kerakki, IVL apparatlari tegishli ko`rsatmalarda keltirilgan boshqa turdagi kasalliklarda ham qo`llaniladi.
Pandemiyagacha respublikamizda mavjud bulgan IVL apparatlarining barchasi import sifatida xorijdan xarid qilingan bo`lsa, hozirgi paytda O`zbekistonda yangi zavod qurib bitirish arafasida va yilning oxirigicha «Xirana» rusumli IVL apparatlari O`zbekistonda ishlab chiqarilishi boshlanadi.
Bu apparatlar nafaqat O`zbekistonda, balki qo`shni davlatlarga ham sotilishi rejalashtirilgan.






