AsosiyJamiyat

Chin ko`ngildan pushaymon bo`lgan 113 fuqaro Prezident Farmoniga ko`ra afv etildi

'Chin ko`ngildan pushaymon bo`lgan 113 fuqaro Prezident Farmoniga ko`ra afv etildi'ning rasmi

“Ozodlikdan mahrum etish jazosini o`tayotgan, qilmishiga chin ko`ngildan pushaymon bo`lgan va tuzalish yo`liga qat`iy o`tgan bir guruh shaxslarni afv etish to`g`risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan sodir etgan jinoyati uchun jazoni ijro etish muassasalarida jazo o`tayotgan hamda qilmishiga chin ko`ngildan pushaymon bo`lgan va tuzalish yo`liga qat`iy o`tgan 113 nafar fuqarolar afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 5 nafari asosiy jazodan ozod etildi, 53 nafari jazoni o`tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 15 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi engilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 40 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 1 nafarini 60 yoshdan oshgan erkak, 2 nafarini chet davlat fuqarolari, 105 nafarini taqiqlangan tashkilotlar ishtirokchilarini tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar