Transport vazirligi xabar berishicha, 2020 yil 2 sentyabr kunidan boshlab ikki hafta davomida oliy ta`lim muassasalariga 2020-2021 yillardagi qabul uchun test sinovlari o`tkazilishi belgilangan.
Xususan, Toshkent shahridagi oliy ta`lim muassasalariga kirish imtihonlari Paxtakor stadioni, Milliy bog`, Talabalar shaharchasi, Ashxobod bog`i, G`alaba bog`i, Botanika bog`ida o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Test sinovlari o`tkaziladigan kunlarda abiturientlarning belgilangan manzillarga o`z vaqtida etib borishlarini ta`minlash va ularga qulayliklar yaratish maqsadida 2020 yil 2 sentyabrdan boshlab test sinovlari yakunlangunga qadar Toshkent shahridagi avtobus yo`nalishlarida ish boshlash vaqti soat 5:00 dan belgilandi.
Avtobuslar yo`nalishlariga belgiganlangan jadvallar asosida avtobuslarning ishga chiqarilishi, yo`nalishlarda qatnov vaqtlari va oraliq interval vaqtlariga rioya etilishi, belgilangan qatnovlar sonini bajarilishi hamda avtobuslarning texnik va sanitar holati ustidan qat`iy nazorat o`rnatiladi.
Test sinovlari o`tkaziladigan manzillar orqali harakatlanuvchi yo`nalishlarning faoliyati alohida nazoratga olinadi.
Ilovada keltirilgan chizmalardan test sinovlari o`tkaziladigan manzillarda harakatlanuvchi avtobus yo`nalishlari to`g`risida ma`lumot olishingiz mumkin.











