AsosiyJamiyat

Chust tumanida 1 kunda 2 ta ayanli YTH sodir bo`ldi. Qurbonlar bor

'Chust tumanida 1 kunda 2 ta ayanli YTH sodir bo`ldi. Qurbonlar bor'ning rasmi

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berishicha, 25 avgust kuni soat 01:00larda Pungon-Namangan yo`lining 56 km.da “Spark” rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan “HYUNDAI PORTER” rusumli avtomashina bilan to`qnashuv sodir etgan. 

Natijada, Spark rusumli avtomashinada bo`lgan yo`lovchi olgan og`ir tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan. Haydovchi esa og`ir qo`shma shikast, ko`z qovoq sohasi yirtilgan jarohat tashxisi bilan, qolgan ikki nafar yo`lovchi qo`shma shikast, bosh miya yopiq shikastlanishi tashxisi bilan Chust tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Huddi shu kuni soat 16:45 larda, A-373 “Toshkent-Osh” yo`lining 222 km.da Toshkent shahrida yashagan fuqaro ish joyiga tegishli bo`lgan “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lning o`rta qismiga o`rnatilgan temir to`siqqa urilib, boshqaruvni yo`qotgan va ag`darilib ketgan.

Natijada, avtomashina haydovchisi o`zini qutqarish uchun erga sakragan biroq og`ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Shundan so`ng, avtomashinada yong`in sodir bo`lib, avtomashina saloni, yukxonasi to`liq yonib zararlangan hamda avtomashina salonida bo`lgan yo`lovchi yonib ketgan.

Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar