AsosiyJamiyat

2949 nafar bemordan 279 nafari og`ir, 133 nafari esa o`ta og`ir ahvoda

'2949 nafar bemordan 279 nafari og`ir, 133 nafari esa o`ta og`ir ahvoda'ning rasmi

Shu yilning 27 avgust kuni mamlakatimizda 393 holatda kasallik qayd etilgan bo`lib, barchasi tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Qashqadaryo viloyatida 3 nafar, Toshkent shahrida 2 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Andijon, Namangan, Surxondaryo, Farg`ona hamda Navoiy viloyatlarida jami 638 nafar bemor sog`aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 40 447 nafar bemordan 37 200 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 92 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 949 nafar bemordan 279 nafari og`ir, 133 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar