AsosiyJamiyat

Yana166 nafar yangi bemor: O`zbekistonda ayni paytda jami 3113 nafar fuqaro koronavirusdan davolanmoqda

'Yana166 nafar yangi bemor: O`zbekistonda ayni paytda jami 3113 nafar fuqaro koronavirusdan davolanmoqda'ning rasmi

2020 yil 28 avgust soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 40 613 (+166) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qildi. 

Yangi kasallanish holatlarining 115 nafari Toshkent shahrida, 40 nafari Toshkent viloyatida, 11 nafari Namangan viloyatida tana harorati ko`tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 37 200 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 113 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar