SSVning so`nggi ma`lumotiga ko`ra, Yashnobod tumanida yashagan 63 yoshli M.K. (erkak) hamda 59 yoshli M.U. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 40 613 nafar chalingan fuqarolardan 37 200 nafari (92 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3 113 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 279 nafari og`ir, 133 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






