Afsuski ijtimoiy tarmoqlarda mana bunaqa xabarlarga ko`zimiz tushib qolyapti: «ShOK XABAR! 1 sentyabrdan propiska bekor bo`lyapti! Hammaga tarqating! Uy olishga shoshiling!» Ushbu savolga huquqshunos bloger Hushnudbek aniqlik kiritdi.
"Bu gaplar qaerdan paydo bo`lyapti, hayronman. Bularning barchasi safsata.
1 sentyabrdan propiska bo`yicha hech qanday yangi taqiq bo`layotgani yo`q, sentyabrdan keyin ham Toshkentda propiskasi yo`q fuqarolar bemalol ikkilamchi bozordan uy sotib olishga va shu orqali Toshkent propiskasini olishga haqqi bor. Aksincha 1 sentyabrdan bir qancha engilliklar joriy etilmoqda.
Yuqoridagi ovozli xabarda shu haqda tushuntirish berganman" deydi Hushnudbek. Ovozli xabar:






