Britaniyalik olimlar olib borgan tadqiqotning dastlabki natijalariga ko`ra, hasharotlarni haydash uchun ishlatiladigan spreylar tarkibidagi sitriodiol deb nomlangan kimyoviy modda koronavirusni o`ldirishga qodirdir. Bu haqda Tarjumon yozmoqda.
Britaniya Mudofaa vazirligining labaratoriyasida faoliyat olib boruvchi olimlarning aytishicha, hasharotlarga qarshi qo`llaniladigan ko`plab spreylar tarkibida mavjud bo`lgan sitriodiol moddasini virus bilan suyuqlikka aralashtirilganda va tekshiruvlardagi yuzaga bu ikkisini surtilganda striodiolning virusni yo`q qilish xususiyati aniqlangan.
“Virusning eritmasini Mosi-guard deb nomlangan sprey bilan yoki tanlab olingan komponentlar bilan aralashtirilganda COVID-19 ning kamayishi yuzaga keldi. Mosi-guard ko`proq qo`shilganda virus katta miqdorda kamaydi va qayta tiklanolmaydigan holatga keldi” deyiladi tadqiqot natijalarida.
Sitriodiol moddasi sitriodora daraxtining bargi va shoxlaridan olinadigan yog`dan tayyorlanadi. Bu daraxt Osiyo, Janubiy Amerika va Afrikada o`sadi. Sitriodiol moddasining koronavirusning boshqa turlarini o`ldirishi allaqachon ma`lum bo`lgan.
Mudofaa vazirligi mazkur tadqiqot koronavirusni o`rganib, bu muammoga echim izlayotgan boshqa ilmiy tashkilotlar uchun asos bo`lib xizmat qilishini ma`lum qilgan.
“Bizning labarotiyamiz olimlari shuni umid qilishmoqdaki, bu tadqiqotdan olingan natijalar boshqa tashkilotlarning ilmiy izlanishlarini rivojlantirish uchun tramplin vazifasini bajarib beradi. Shuningdek, keyingi ilmiy izlanishlar bizning ushbu tadqiqotimizni ham tasdiqlashiga umid qilib qolamiz” deyiladi Mudofaa vazirligi labaratoriyasining bergan bayonotida.






