AsosiySalomatlik

Qanday belgilar paydo bo`lsa, koronavirusga chalingan bemor albatta shifoxonaga yotqizilishi kerakmi?

'Qanday belgilar paydo bo`lsa, koronavirusga chalingan bemor albatta shifoxonaga yotqizilishi kerakmi?'ning rasmi

Habibulla Oqilov, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi:

Xavotirlanish va shifokorga murojaat qilish uchun quyidagi simptomlarni inobatga olish lozim:  

  • Hansirash (havo etmayotganligini sezish) — nafas olish chastotasi bemorning tinch holatida daqiqasiga 22 va undan yuqori bo`lishi;
  • Tana harorati stabil ravishda 39 daraja va undan yuqori bo`lib, isitmani tushiruvchi dori vositalari yordamida tushmasligi;
  • Qonning kislorod bilan ta`minlanishi 90% dan past bo`lishi (bu ko`rsatkich pulsoksimetr yordamida aniqlanadi);
  • Qon bosimining tushib ketishi yoki keskin ko`tarilib ketishi (90 dan past yoki 220 dan yuqori);  
  • Yurak urishining tezlashishi — puls daqiqasiga 130 va undan yuqori bo`lishi;
  • Bemorda ong ko`rsatkichlarining pasayishi;
  • Qo`shimcha xavf omillari: yoshi 60 va undan yuqori, yondosh kasalliklar — diabet, gipertoniya, yurak xastaliklari, o`pka va buyraklar surunkali kasalliklari, onkologik kasalliklar va immunitetning pasayishi.
  • Og`ir simptomlarning mavjudligi, ya`ni chidab bo`lmaydigan og`riqlar, jumladan bosh og`riqlari, to`xtamasdan qayt qilish va intensiv diareya.

 Bu holatlarda zudlik bilan shifokorga murojaat qilib, bemor stasionarga yuborilishi lozim.

    Boshqa yangiliklar