AsosiyJamiyat

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va uni oldini olishga yo`naltirilgan mablag`lar nazoratga olindi

'Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va uni oldini olishga yo`naltirilgan mablag`lar nazoratga olindi'ning rasmi

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va uni oldini olishga yo`naltirilgan pul mablag`larining sarflanishi bo`yicha tekshiruv hamda prosessual harakatlar nazoratga olindi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati xabar berishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti tomonidan O`zbekiston “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat jamg`armasi faoliyati yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvning dastlabki natijalari haqida axborot berildi.

Unga ko`ra, mas`ullar o`zaro oldindan til biriktirib, dori vositalari va tibbiyot uskunalarini qimmat narxlarda sotib olib, jamg`armaning 2,8 mlrd so`m mablag`larini talon-toroj qilgani aniqlangan. Jinoyat ishi bo`yicha to`laqonli taftish tayinlangan. Aybdorlarning tegishli javobgarlikka tortilishi, etkazilgan zararni qoplash choralari ko`rilishi ta`minlanadi.  

 Pandemiya munosabati bilan ajratilgan pul mablag`larini noqonuniy o`zlashtirish holatlari bundan avval ham aniqlangan. Jumladan, Andijon, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari va boshqa hududlarda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari tomonidan katta miqdordagi pul mablag`lari noqonuniy o`zlashtirilgan.

 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi “O`zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF-6013-son Farmonning 2-bandi talablari doirasida Agentlik keng qamrovli o`rganishlar boshlanganligini ma`lum qiladi.

 

Tahlil natijalari jamoatchilik e`tiboriga etkaziladi.

    Boshqa yangiliklar