AsosiyJamiyat

Yurtimizda koronavirusdan sog`ayish ko`rsatkichi yana o`sdi

'Yurtimizda koronavirusdan sog`ayish ko`rsatkichi yana o`sdi'ning rasmi

Bugun ayni paytga qadar yurtimizning 7 ta hududida koronavirusga chalingan 673 nafar bemor sog`aydi.

Jumladan, Toshkent shahrida 462 nafar, Toshkent viloyatida 156 nafar, Samarqand viloyatida 21 nafar, Namangan viloyatida 16 nafar, Xorazm viloyatida 10 nafar, Surxondaryo viloyatida 6 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasi esa 2 nafar bemor tuzaldi.  

Shunday qilib, yurtimizda 37 873 (+673) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog`ayish ko`rsatkichi 93 foizga etdi.

 

    Boshqa yangiliklar