2020 yil 28 avgust soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 40 720 (+107) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 85 nafari Toshkent shahrida, 13 nafari Toshkent viloyatida, 5 nafari Surxondaryo viloyatida, 4 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
️E`tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar yurtimizda 673 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, jami sog`ayganlar 37 873 nafarga (93 foiz) etdi.
Hozirda mamlakatimizda 2 545 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






