Koronavirus bo`yicha dunyoda vaziyat qanday? Bu haqda internetdagi manbalarga tayanib Koronavirus.info xabar berdi.
JSST pandemiya millionlab insonlarning ruhiy salomatligiga ta`sir ko`rsatganini ta`kidladi. Tashkilotga ko`ra, karantin tufayli joriy qilingan ijtimoiy munosabatlarni cheklovchi choralar ruhiyatga «chuqur ta`sir»ni keltirib chiqargan — RBK.
Ispaniya hukumati olti yoshdan oshgan o`quvchilar uchun niqob taqish majburiy ekanini ma`lum qildi — El Pais
AQSh «Abbott Laboratories» bilan koronavirus bo`yicha 150 million ekspress-test o`tkazish bo`yicha shartnomani e`lon qildi. Bitimning umumiy qiymati 750 mln. AQSh dollari. Bir dona testning narxi 5 dollar etib belgilandi. Test natijasi 15 daqiqadan so`ng chiqadi — WSJ
Payshanba kuni Lotin Amerikasida koronavirus bilan kasallanish holatlari 7 milliondan oshdi. Mintaqada eng ko`p zararlanish holati Braziliyada qayd etilgan — 3 761 391. Braziliyadan keyingi o`rinlarda Peru, Meksika, Kolumbiya va Chili qayd etilgan.
AQShda 19 sentyabrgacha 200 000 dan ortiq koronavirus qurbonlari bo`lishi prognoz qilinmoqda – CNN
JSSTga ko`ra, koronavirus testlari nafaqat simptomsiz bemorlarni, balki boshqa shaxslar bilan muloqotda bo`lganlarni topish uchun ham kerak. Avvalroq, AQSh simptomsiz insonlar test topshirishi shart emas, degan xulosaga kelgandi. Biroq, JSSTning yangi ko`rsatmalari buning aksini aytmoqda.






