AsosiyJamiyat

Yurtimizda koronavirusdan sog`ayish ko`rsatkichi 93 foizgacha ko`tarildi

'Yurtimizda koronavirusdan sog`ayish ko`rsatkichi 93 foizgacha ko`tarildi'ning rasmi

SSV ma`lumotiga ko`ra, shu yilning 28 avgust kuni mamlakatimizda 376 holatda kasallik qayd etilgan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Namangan, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida jami 747 nafar bemor sog`aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 40 823 nafar bemordan 37 947 nafari sog`aydi. Ta`kidlash joizki, shifokorlarimizning fidokorona mehnati tufayli pandemiya davrida birinchi marta yurtimizda koronavirusdan sog`ayish ko`rsatkichi 93 foizgacha ko`tarildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2573 nafar bemordan 301 nafari og`ir, 131 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar