Respublika maxsus komissiyasi tomonidan turli xorijiy davlatlardagi O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini o`z Vataniga olib kelish bo`yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Xususan, 31 avgustdan 30 sentyabrgacha bo`lgan bir oy mobaynida amalga oshiriladigan temir yo`l va charter reyslarining ro`yxati tasdiqlandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O`zbekiston Transport vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan va Respublika maxsus komissiyasiga kiritilgan rejaga muvofiq, 2020 yilning 28 avgustidan 20 sentyabriga bo`lgan davrda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ tomonidan Ekaterinburg, Rostov-Don, Novosibirsk va Samara shaharlariga har hafta mobaynida maxsus temir yo`l reyslari tashkil etiladi.
Shuningdek, ayni damda Turkiya, BAA, Belarus va Qozog`iston Respublikasi bilan sentyabr oyidan boshlab, bosqichma-bosqich ravishda muntazam avia qatnovlarni tiklash masalasi ko`rib chiqilmoqda. Bunda epidemiologik vaziyat notinch bo`lgan malakatlardan (qizil) havo kemasi bortiga qabul qilinayotgan yo`lovchilardan Covid-19 kasalligiga parvozdan oldin 72 soatdan ko`p bo`lmagan muddatda faqat PZR (polimera zanjirli reakasiya) orqali tekshirilib, manfiy ko`rsatgich ega deb topilgan ma`lumotnomani taqdim etish talab etiladi. Ma`lumotnoma ingliz yoki rus tillarida bo`lishi lozim.
“Sariq” hududdan keluvchi yo`lovchilar Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga Covid-19 kasalligiga PZR tekshiruvi yoki ekspress testi ma`lumotnomasini taqdim etishi kerak.






