Sirdaryoda ota tomonidan tazyiq o`tkazilgan qizlarga "Himoya orderi" berildi, deya xabar bermoqda IIV Axborot xizmati.
Ma`lum bo`lishicha, Boyovut tumani IIB XPB XQMB katta inspektori S.Tursunboeva xamda Muqumiy MFY profilaktika inspektori A. Umarqulovlar tomonidan Muqumiy MFY Yangilanish ko`chasi 4-uyda yashovchi J.K xamda J.X larni oilaviy sharoiti o`rganilgan. Unda J.K va J.Xlarga otasi J.R tomonidan muntazam ravishda tazyiq o`tkazilishi va xaqorat qilinishi aniqlandi. J.K va J.Xlarga Boyovut tumani IIB tomonidan "Himoya orderi" berildi, deyiladi xabarda.






