2020 yil 29 avgust soat 10.00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 40953 (+130) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qildi.
Yangi kasallanish holatlarining 88 nafari Toshkent viloyatida, 30 nafari Toshkent shahrida, 7 nafari Buxoro viloyatida, 3 nafari Qashqadaryo viloyatida, 2 nafari Namangan viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.






