CCVning so`nggi xabariga ko`ra, Mirobod tumanida yashagan 72 yoshli N.Sh. (ayol) hamda Olmazor tumanida yashagan 65 yoshli E.R. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 37947 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2701 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 301 nafari og`ir, 131 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






