AsosiyJamiyat

O`zbekiston sentyabrdan boshlab 4 davlat bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklashi mumkin

'O`zbekiston sentyabrdan boshlab 4 davlat bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklashi mumkin'ning rasmi

O`zbekiston Turkiya, BAA, Belarus va Qozog`iston bilan sentyabr oyidan boshlab, bosqichma-bosqich ravishda muntazam aviaqatnovlarni tiklash masalasini ko`rib chiqmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunda epidemiologik vaziyat notinch bo`lgan mamlakatlardan («qizil») havo kemasi bortiga qabul qilinayotgan yo`lovchilardan COVID-19 kasalligiga parvozdan oldin 72 soatdan ko`p bo`lmagan muddatda faqat PZR (polimer zanjirli reaksiya) orqali tekshirilib, manfiy ko`rsatgichga ega deb topilgan ma`lumotnomani taqdim etish talab etiladi.

Ma`lumotnoma ingliz yoki rus tillarida bo`lishi lozim.

«Sariq» hududdan keluvchi yo`lovchilar Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga COVID-19 kasalligiga PZR tekshiruvi yoki ekspress testi ma`lumotnomasini taqdim etishi kerak.

    Boshqa yangiliklar