2020 yil 29 avgust soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 41067 (+114) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 90 nafari Toshkent shahrida, 8 nafari Toshkent viloyatida, yana 8 nafari Xorazm viloyatida, 4 nafari Andijon viloyatida, 2 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida hamda yana 2 nafari Farg`ona viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 79 yoshli J.K. (ayol) hamda Olmazor tumanida yashagan 57 yoshli M.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
️Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 178 nafar, Toshkent viloyatida 103 nafar, Buxoro viloyatida 10 nafar, Andijon viloyatida 4 nafar, Qashqadaryo viloyatida 3 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 2 nafar, Namangan viloyatida ham 2 nafar hamda Farg`ona viloyatida 1 nafar bemor tuzaldi.
️Shunday qilib yurtimizda 38250 (+303) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2510 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






