“O`zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy tuzilishi to`g`risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (O`RQ-635, 28.08.2020 y.). Bu haqda "Davergeodezkadastr" qo`mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur qonunning asosiy maqsadi O`zbekiston Respublikasi hududining yaxlitligi va bo`linmasligi, qonuniylikka asoslanganligi, ma`muriy-hududiy birliklardagi davlat boshqaruvining samaradorligini ta`minlash barobarida hududiy birliklarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdan iborat.
Shuningdek, ushbu qonun mamlakatimizning ma`muriy-hududiy birliklarini tashkil etish, tugatish, maqomi va chegaralarini o`zgartirish sohasidagi normalarni belgilovchi yagona huquqiy hujjat hamdir.
1996 yil 30 avgustda, ya`ni 24 yil avval qabul qilingan qonun 11 bob, 31 ta moddadan iborat edi.
Yangi tahrirdagi qonun esa 8 bob, 45 ta moddadan iborat bo`lib, bunda amaldagi qonunning 15 ta moddasi qo`shimcha va o`zgartishlar bilan to`ldirildi va yana 30 ta yangi moddalar kiritildi.






