Toshkent metropoliteni yangi erusti xalqa yo`lining "Do`stlik-2" bekatidan "Qo`yliq" bekatigacha harakat ertaga, 30 avgust, soat 06:00 dan yo`lga qo`yiladi. Bu haqda "Toshkent metropoliteni" xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, "Do`stlik" bekatidan "Do`stlik-2" bekatiga o`tish bepul.
Eslatib o`tamiz, bugun Toshkent erusti halqa metrosining birinchi bosqichi ishga tushdi. Prezident Shavkat Mirziyoev bu erga tashrif buyurib, jamoatchilik bilan birga poezdda yurdi






