AsosiyJamiyat

O`zbekistonning 7 ta hududda koronavirusni yuqtirib olganlar aniqlandi. Ikki kishi vafot etdi

'O`zbekistonning 7 ta hududda koronavirusni yuqtirib olganlar aniqlandi. Ikki kishi vafot etdi'ning rasmi

2020 yil 30 avgust soat 10.00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 41303 (+143) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 87 nafari Toshkent shahrida, 20 nafari Toshkent viloyatida, 10 nafari Buxoro viloyatida, yana 10 nafari Qashqadaryo viloyatida, 8 nafari Samarqand viloyatida, 4 nafari Surxondaryo viloyatida, 2 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida hamda yana 2 nafari Namangan viloyatida tana harorati ko`tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. 

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 84 yoshli I.A. (ayol) hamda Yangiyo`l tumanida yashagan 47 yoshli B.E. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. 

Ayni paytda yurtimizda 38359 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan. 

Hozirda mamlakatimizda 2633 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 276 nafari og`ir, 138 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

    Boshqa yangiliklar