Hozirda Aleksey Navalniyning hayotiga jiddiy xavf mavjud emas va uning holati yaxshilanmoqda, deya xabar bergan Navalniyning matbuot kotibi Kira Yarmish 28 agust kuni. Bu haqda tarjumon.uz ma`lum qildi.
Rus hukumatining muxolifi bo`lgan Navalniy ayni paytda Berlindagi kasalxonada koma holatida qolmoqda.
44 yoshli Navalniy o`tgan haftada Sibirdan Moskvaga uchib ketayotganda og`ir ahvolga tushib qoldi. Shundan keyin samolyot favqulodda qo`ndirilib, Navalniy kasalxonaga yotqizildi.
O`tgan shanbada Navalniyni davolash uchun Germaniyaga olib kelishdi. Nemis shifokorlari uning zaharlanganini tasdiqlashdi. Germaniya kansleri Angela Merkel Navalniy siyosiy figura bo`lganligi uchun rus hukumatidan uni zaharlaganlarni topib, ularni javobgarlikka tortishni so`ragan.






