AsosiyJamiyat

Maktablarga 10 mingga yaqin tibbiyot xodimi safarbar qilindi

'Maktablarga 10 mingga yaqin tibbiyot xodimi safarbar qilindi'ning rasmi

Bu haqda Sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov boshchiligida o`tkazilgan maktablarda yangi o`quv yilini tashkil etishda sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ta`minlash chora-tadbirlariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishida ma`lum qilindi.

Sog`liqni saqlash vazirligi barcha jarayonlarda ta`lim mutasaddilariga maktablarda tibbiy xavfsizlikni ta`minlash borasida ko`mak va tavsiyalarini berib boradi.

Panedmiya sharoitida yangi o`quv yilini boshlash jiddiy tayyorgarlikni talab qiladi. Mamlakatimizdagi mavjud 9942 ta maktabda faoliyat ko`rsatadigan 480 ming nafardan oshiq o`qituvchi va u erda tahsil olayotgan 6,2 million nafardan ziyod o`quvchining xavfsizligini ta`minlash Sog`liqni saqlash vazirligi zimmasiga ham qator mas`uliyat va vazifalar yuklaydi. Sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov shu talabdan kelib chiqib, ko`p tarmoqli markaziy poliklinika, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari hududidagi ta`lim muassasalariga qariyb 10 ming nafar tibbiyot xodimi biriktirilgani haqida xabar berdi.  

Tibbiyot xodimlari maktablarda filtrlarni tashkil etishda ishtirok etadi, ushbu jarayonda tana harorati ko`tarilgan va bemor deb topilgan o`quvchilar xaqidagi ma`lumotni hududdagi tegishli muassasa rahbarlariga etkazadi.  Shuningdek, karantinga olingan xonadon egalariga bemor yoki ular bilan muloqotda bo`lgan bolalarni faqat oila shifokorining ruxsati bilan maktabga yuborish kerakligini tushuntiradi, bemor aniqlangan xonadonda sanitariya va gigiena qoidalariga rioya qilish tartibini nazorat qiladi.

Bundan tashqari, ta`lim muassasasiga biriktirilgan tibbiyot xodimlari maktab jamoasi va o`quvchilar orasida koronavirus profilaktikasi bilan shug`ullanish, targ`ibot tadbirlarini o`tkazish, amalga oshirilgan ishlar va bemor bolalarning holati bo`yicha mahalliy hokimliklar, xalq ta`limi muassasalari kabi qator tashkilotlarga tegishli ma`lumotlarni taqdim qilish ishlari bilan shug`ullanishadi.

    Boshqa yangiliklar