AsosiyJamiyat

Surxondaryoda ota 5-sinfda o`qiydigan o`g`liga mashina haydatdi

'Surxondaryoda ota 5-sinfda o`qiydigan o`g`liga mashina haydatdi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati hududidan o`tgan M 41 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo`lida xizmat olib borayotgan YPX xodimi A.Choriev "Labo" rusumli yuk avtomobilini to`xtatgan vaqtida, haydovchi 11 yoshli, 5-sinfda o`qiydigan Ulug`bek ismli bola ekanligi ma`lum bo`lgan.

Ulug`bekning yonida, avtomobilning old o`rindig`ida otasi ham bo`lgan. YPX xodimi bilan suhbat davomida otasining "O`g`limga ishonaman. O`zim ham oliy ma`lumotliman" degan so`zlari kishini ajablantiradi. Xodim otasidan me`yoriy hujjatlarini so`raganda, ota ham hech qanday hujjat taqdim eta olmadi. Qoidabuzarliklar yuzasidan belgilangan tartibda chora ko`rildi. 

    Boshqa yangiliklar