AsosiyJamiyat

Rossiyadagi gazni qayta ishlash zavodiga ishlash uchun fuqarolarimizning navbatdagi guruhi jo`nab ketdi

'Rossiyadagi gazni qayta ishlash zavodiga ishlash uchun fuqarolarimizning navbatdagi guruhi jo`nab ketdi'ning rasmi

Bugungi kunda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan mehnat migrantlarining ular bo`lib turgan xorijiy mamlakatlardagi pandemiyadan nisbatan kamroq zarar ko`rgan boshqa soha va hududlariga ish topishiga ko`maklashish va karantin cheklovlari sababli chet elga ishga ketolmagan fuqarolarni xorijga ishga jalb qilish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda agentlikning rasmiy kanalida ma`lum qilindi.

Xususan, Agentlik va Rossiya Federasiyasi ish beruvchilari o`rtasida pandemiya davrida O`zbekiston fuqarolarini xorijda ish bilan ta`minlash maqsadida olib borilgan muzokaralar natijasida Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida 4 mingdan ziyod bo`sh ish o`rinlari taklif etilib, ularga O`zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish bo`yicha kelishuvga erishilgan edi.

Ayni paytda ishlash istagidagi fuqarolar zavod qurilishi uchun bosqichma-bosqich jo`natilmoqda. Navbatdagi 287 nafar fuqaro bugun ishlash uchun charter reys orqali uchib ketdi.

Yurtdoshlarimiz 14 kunlik karantindan so`ng belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish ob`ektlarida ish boshlaydi.

Ularning transport, ovqatlanish, patent va yashash xarajatlari, agarda ishchida kasallik aniqlansa, uning davolanishi ish beruvchi kompaniyalar tomonidan ta`minlanishi, shuningdek, oylik ish haqi o`rtacha 40-60 ming rublni tashkil etishi belgilangan.

Ta`kidlash joiz, joriy yilning 31 iyul kuni 144 nafar, 12 avgust kuni 84 nafar fuqarolarimiz aynan mazkur zavod qurilishida ishlash uchun tashkillashtirilgan holda jo`nab ketgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar