Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotiga ko`ra, 2020 yil 30 avgust soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 41424 (+121) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 83 nafari Toshkent shahrida, 30 nafari Samarqand viloyatida hamda 8 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.






