2020 yil 31 avgust soat 10.00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 41651 (+123) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qildi.
Yangi kasallanish holatlarining 89 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari Qashqadaryo viloyatida, 10 nafari Toshkent viloyatida, 8 nafari Andijon viloyatida hamda 2 nafari Namangan viloyatida tana harorati ko`tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Mirobod tumanida yashagan 60 yoshli X.A. (ayol) hamda Uchtepa tumanida yashagan 53 yoshli S.D. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 38819 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2515 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 250 nafari og`ir, 137 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






