Xabaringiz bor O`zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan oilaviy tantana, to`y, ma`raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o`zida 30 kishidan ko`p bo`lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiena talablariga qat`iy rioya etgan holda o`tkazishga ruxsat berilgan.
2020 yil 29 avgust kuni Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB 6-son IIBga Samarqand shahridagi Maroqand ko`chasida joylashgan “Maroqand” oshxonasida 40 nafardan ortiq fuqarolar bilan tuy-marosimi o`tkazilayotganligi to`g`risida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan hudud profilaktika inspektori tomonidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilganda, haqiqatdan ham ushbu oshxona ma`muriyati Respublika maxsus komissiyasining bayoni talablarini buzganligi aniqlangan.
Oshxona ma`muriyatiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 2-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun Samarqand viloyati Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markaziga yuborildi.
Samaraqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi fuqarolardan yana bir bor karantin cheklovlariga rioya qilishlarini so`raydi.






