Farg`ona viloyati Sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i Odiljon Umarov boshqa ishga o`tayotganligi sababli vazifasidan ozod etildi.
Sog`liqni saqlash vazirining tegishli buyrug`iga asosan Husan Mamajonov viloyat sog`liqni saqlash boshqarma boshlig`i lavozimiga tayinlandi. U shu kunga qadar Farg`ona shahar tibbiyot birlashmasi boshlig`i lavozimida faoliyat ko`rsatib kelayotgan edi.
52 yoshli H. Mamajonov 1993 yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlab, tibbiyot tizimida turli vazifalarda, xususan, vazirlikning Farg`ona viloyati bo`yicha sog`liqni saqlash boshqarmasida Nazorat inspeksiyasi boshlig`i, shuningdek, viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi lavozimlarida ham ishlagan.






