AsosiyJamiyat

Yana 106 holatda koronavirus aniqlandi, Qashqadaryoda 51 yoshli erkak vafot etdi

'Yana 106 holatda koronavirus aniqlandi, Qashqadaryoda 51 yoshli erkak vafot etdi'ning rasmi

SSV ma`lum qilishicha, 2020 yil 31 avgust soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 41893 (+106) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 31 nafari Toshkent shahrida hamda 75 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Qarshi shahrida yashagan 51 yoshli T.A. (erkak) vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 326 nafar, Toshkent viloyatida 109 nafar, Samarqand viloyatida 11 nafar, Qashqadaryo viloyatida 5 nafar hamda Namangan viloyatida 5 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 39275 (+456) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2298 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar