1

Bugun 456 nafar bemor sog`aydi, yana 2298 nafar bemor davolanmoqda

Jamiyat 31.08.2020, 23:34
Bugun 456 nafar bemor sog`aydi, yana 2298 nafar bemor davolanmoqda

Sog`liqni saqlash vazirligi axborotiga ko`ra, shu yilning 31 avgust kuni mamlakatimizda 365 holatda kasallik qayd etilgan bo`lib, barchasi tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Qashqadaryo viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent hamda Namangan viloyatlarida jami 456 nafar bemor sog`aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 41 893 nafar bemordan 39 275 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2298 nafar bemordan 275 nafari og`ir, 147 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1