2020 yil 1 sentyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 41994 (+101) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 83 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari Toshkent viloyatida hamda 4 nafari Xorazm viloyatida tana harorati ko`tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.






