1

TikTok'da do`stlariga avtomobil davlat raqamini yashiruvchi avtomatlashtirilgan pardachani “namoyish” qilgan haydovchi qo`lga tushib qoldi

Jamiyat 01.09.2020, 12:32
TikTok'da do`stlariga avtomobil davlat raqamini yashiruvchi avtomatlashtirilgan pardachani “namoyish” qilgan haydovchi qo`lga tushib qoldi

TikTok ijtimoiy tarmog`ida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari foydalanuvchilardan birining videosiga e`tibor qaratishdi. Video muallifi do`stlariga avtomobil davlat raqamini yashiruvchi avtomatlashtirilgan pardachani “namoyish” qilgan.
Toshkent shahar IIBBning ma`lum qilishicha, mazkur “Lacetti” rusumli avtomobilning (davlat raqami 01 J 703 VA) turar joyi va haydovchisi – poytaxtda yashovchi 36 yoshli Saidbek A. ekanligi aniqlandi. Tekshiruv davomida davlat raqamidagi pardachadan tashqari yorituvchi moslamalardan foydalanish qoidalari ham buzilganligi qayd etildi. Ikki nafar xolislar ishtirokida o`rnatilgan moslamalar echildi. Avtomobil jarima maydonchasiga joylandi, haydovchiga nisbatan ma`muriy jarima belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1