AsosiySalomatlik

Koronavirusdan tuzalib, yo`taldan qutula olmayotganlik sababi aytildi

'Koronavirusdan tuzalib, yo`taldan qutula olmayotganlik sababi aytildi'ning rasmi

Shifoxonadan chiqdim, lekin yo`tal bezovta qilayapti. Menga lazolvan dorisi bilan ingalyasiya qilish kerakligini aytishdi. Shu to`g`rimi?

AOKA shtabida bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Barno Abdusamatova mazkur savolga javob berdi: 

— Ba`zida bemorlar qayta tiklanish jarayonini o`zlari orqaga suradilar, chunki yo`tal tez ketmaganligi sababli mukolitik (lazolvan)  yordamida ingalyasiya oladilar.  

Biroq biz bunday davolashni tavsiya etmaymiz. Chunki mukolitiklar yo`talni kuchaytiradi va yana nafas olishi siqayotganga o`xshash holatni keltiradi. Shifokorlar mineral suv va fiziologik eritma bilan olishni tavsiya etadilar. Lekin barchasi shifokor tavsiyasi va nazorati  bilan  qilinishi kerak.

    Boshqa yangiliklar